Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-октябрь 2025, 13:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Joriy yilning oktabr–noyabr oylarida ilk bor “Sen iste’dodlisan” tanlovi bo‘lib o‘tadi


Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 3–10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida estrada-vokal (anʼanaviy ijrochilik) hamda tasviriy sanʼat yo‘nalishlari bo‘yicha oʻtkaziladigan mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yil oktabr oyining oxirgi o‘n kunligida, hududiy va respublika bosqichi jarayonlari noyabr oyida tashkil etiladi.

🏆 Tanloving Respublika bosqichida hududdan har bir yo‘nalish boʻyicha eng yuqori ball to‘plagan 2 nafardan jami 28 nafar g‘olib ishtirok etadi. 

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar joriy yilning 15-oktabr kuniga qadar telegramdagi @sen_iste_dodlisan_bot havolasi orqali onlayn ariza topshirishlari kerak.

 ✅Tanlov jarayonlariga doir yangiliklarni vazirlik rasmiy sahifalarida kuzatib boring.