Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 8-январь 2026, 16:47
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Sizning tajribangiz ta’lim sifati uchun muhim!

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan akkreditatsiya jarayonlarida tashqi baholashni amalga oshiruvchi ekspertlar uchun tanlov e'lon qilindi. (https://t.me/nqaaeuz/98)

Agar siz ta’lim sifatini oshirish, shaffof va xolis baholash orqali ta’lim muassasalarining rivojiga hissa qo‘shishni istasangiz, ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish (https://nqaae.uz/uz/expert-apply)

Eng quvonarlisi, ekspertlar asosiy ish joyidan ajralmagan holda faoliyat yuritadi va ularga belgilangan tartibda qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Nomzodlardan oliy ma’lumot, ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi, normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilish hamda tahliliy va xolis baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab qilinadi.