Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 9-май 2025, 21:49
 Bosh sahifa  Mobile versiya

2021-2022 o`quv yilida o`quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari

9-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha; 
11-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot,  matematika, chet tili, tarix va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha yakuniy davlat attestasiyasi o‘tkazilishi belgilandi.       
Umumta’lim maktablarida ta’lim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat  attestasiyalari  o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha namunaviy nazorat materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanib, ta’lim markazining rasmiy saytida e’lon qilinadi .  
9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya fanidan 2-7 may, Ona tili va adabiyoti fanidan - 26-may, Matematika fanidan - 30-may kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.   
11-sinflar uchun Ona tili va adabiyoti fanidan - 27-may,  Matematika fanidan - 31-may kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.